"Andijon" - "Metallurg": "Bobur Arena"dagi so‘nggi o‘yinni esga olamiz
Bugun Superliganing 8-turiga start beriladi. "Andijon" esa bu safar "Metallurg"ni o‘z maydonida qabul qiladi. So‘nggi marta bu klublar "Bobur Arena"da to‘qnash kelishganida andijonliklar mehmonlarni yaxshigina "siylashgandi".
O‘tgan yili aprel oyi "Andijon" uchun yomon kayfiyatda o‘tayotgandi. "Neftchi" va "Navbahor"dan uchralgan ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin klubni "Metallurg" bilan qiyin o‘yin kutib turgandi. Sababi, Steshevich shogirdlari ikki turdan beri mag‘lubiyatga uchramay, OKMKni taslim qilib, turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib olgandi. Ammo...
Uchrashuvning birinchi taymidayoq mezbonlar 3 ta to‘p farqni bilan oldinga chiqib olishdi. Hali bitta ham golga mualliflik qilmagan Rubin Xebay esa nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Hujumchi nafaqat debyut golini urdi, balki "Metallurg" darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan keyin u ketma-ket 7 ta o‘yinda stadionni golsiz tark etmagan.

"Andijon" – "Metallurg" – 5:0 (3:0).
24 aprel. Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 1051 tomoshabin.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov.
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Rishat Nugmonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Alisher Fayziev
"Andijon": Igor Litovka, Dilshod Komilov, Vladimir Bubanya, Ilhom Alijonov, Abdurahmon Komilov, Farhod Bekmurotov, Sardor Azimov (Nodari Kavtaradze, 60), Levan Arveladze, Muhammadkarim Toirov (Ilhom Abdug‘aniev, 81), Farhod Sohibjonov (Suhrob Berdiev, 81), Rubin Xebay (Bobur Farhodov, 86).
"Metallurg": Akmal Ortiqov, Vladislav Kasminin, Ivan Yosovich, Muhammadali Aliqulov (Filip Stamenkovich, 46), Xudoyshukur Sattorov (Abdujalil Manazarov, 46), Bektemir Abdumannonov (Ergash Ismoilov, 75), Abror Toshqo‘ziev (Diyor Toirov, 88), Shaxzod G‘ofurbekov, Ibrohim Ibragimov, Zabihillo O‘rinboev, Marko Obradovich (Damir Temirov, 65).
Gollar: Rubin Xebay, 2 – 1:0. Rubin Xebay, 9 – 2:0. Levan Arveladze, 15 – 3:0. Rubin Xebay, 83 – 4:0. Suhrob Berdiev, 84 – 5:0.
Ogohlantirishlar: Sardor Azimov, 57 – Xudoyshukur Sattorov, 4. Zabihillo O‘rinboev, 45+2.

"Metallurg" uchun mazkur bahs ham qiyin o‘tishi mumkin, chunki jamoa ushbu mavsum hali g‘alaba qozona olgani yo‘q. "Andijon" bo‘lsa faqatgina bitta o‘yinda engilgan.



Fikrlar