
Anchelotti: Yo‘q, rahmat
Italiyaning "Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis o‘z klubiga yangi murabbiy qidirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. U bu borada "Napoli"ning sobiq ustozi, hozirda "Real"ni boshqarayotgan Karlo Anchelottiga ham murojaat qildi.
ITASportPress axborot agentligi xabariga ko‘ra, Anchelotti taklifga juda qisqa javob bergan - "yo‘q, rahmat".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Luchano Spaletti "Napoli"ni tark etishini e’lon qilgan edi. Uning qol ostida jamoa joriy mavsum A Seriyada chempionlikni tantana qildi.
Fikrlar