
Anchelotti yana APLga qaytishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga Karlo Anchelottini taklif qilmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Xabaringiz bor kecha “shporlar” amaldagi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarishdi.
Aytish kerakki, Anchelottining ham ayni damda "Napoli"dagi ishlari yaxshi emas. Klub prezidenti Aurelio De Laurentis uni tez orada ishdan bo‘shatishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” ayni damda APLda 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar