
Anchelotti Vinisiusning e’tirozi haqida: Bizga yangi oyoqlar kerak edi
Karlo Anchelotti Vinisiusning "Barselona" bilan o‘yinda (3:2) zaxiraga olinganidan norozi bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
"Real" vingeri 82-daqiqada maydonni tark etgandi.
"Bu Vinisiusga yoqmadi va u maydonda qolishni istadi. "Etihad"da bo‘lgan voqealar sabab hujumchilar ko‘p kuch sarflashdi. Biz ulardan himoyalanishni va jamoa uchun ishlashni so‘raymiz. Ular juda tez va ko‘p yugurishadi. Hujum vakillari ancha charchagan edi.
Men u o‘ynashni davom ettirmoqchi ekanligini tushunaman, ammo bizga yangi oyoqlar kerak edi", - dedi "Real" bosh murabbiyi.
Fikrlar