
Anchelotti "Valyadolid" ustidan qozonilgan g‘alaba va Azar haqida gapirdi
"Real" bosh murabiyi Karlo Anchelotti "Valyadolid" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz unutilmas yilni muvaffaqiyatli yakunlash uchun yutishimiz shart edi.
Ha, biz eng yaxshi himoyamizni ko‘rsatmadik, ammo g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan uchrashuv edi. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqib hujum qilishda to‘xtamadi, lekin ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynadik. Yakunda 3 ochko bilan qaytyapmiz. Muhimi Kurtua va Benzema ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
Azar kelasi bahsda ishtirok etadi", - dedi murabbiy.
Fikrlar