
Anchelotti “Real”ga qanday futbolchi kerakligini aytdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub mutasaddilari jamoa uchun o‘tkir hujumchi topishi kerakligini ta’kidladi.
- Biz kelajak uchun yangi hujumchi olib kelishimiz kerak. Men bu gapni Karim Benzemaning yoshi o‘tib qolgani uchun aytyapman. Garchi u oldiga qo‘yilgan vazifalarni juda yaxshi uddalayotgan bo‘lsa-da, yangi hujumchiga ehtiyoj bor. Shunga qaramay, Benzema bilan hech qachon muammoga duch kelmaganmiz, - dedi Karlo Anchelotti.
Benzemaning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugashi kerak edi. Klub rahbariyati unga yana bir yillik bitim taklif qildi.
“Qirollik klubi” 2024 yilning yozida asosiy hujumchi sifatida Kilian Mbappe, Erling Xoland, Harri Keyn, Dushan Vlaxovich kabi to‘purarlardan birini olib kelmoqchi.
Fikrlar