
Anchelotti “Real”da qolsa, unda men ketaman!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Garsi italiyalik mutaxassisning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan bo‘lsa-da, u joriy mavsumni ham oxirga etkaza olmasligi mumkin.
Anchelottining ketishini kutayotgan o‘yinchilar ham bor. Xususan, klubning eng iste’dodli tarbiyalanuvchilaridan biri Raul Asensio bosh murabbiyning ketishidan umidvor.
21 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan yoz birinchi jamoaga qabul qilingan edi. Biroq Karlo anchelotti qo‘l ostida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Xususan, joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 marta maydonga tushdi xolos.
Raul Asensio o‘zini asosiy tarkibga loyiq o‘yinchi, deb hisoblamoqda. Uning asosiy maqsadi “Real”da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish. Agar Karlo Anchelotti yosh futbolchiga munosabatini o‘zgartirmasa, Asensio yozda boshqa jamoaga ketish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Fikrlar