Anchelotti penalti belgilagan hakamlarni “yumshoqqina” tanqid qilib o‘tdi

  • 9 fevral, 07:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” vakillarining hakamlar ishini tanqid qilishi keyingi paytda juda ko‘p muhokama qilinmoqda va e’tirozlarga sabab bo‘lyapti.

Tecno

Ispaniya chempionatining 23-turida “Real” o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qildi. Raqib hisobni penaltidan ochdi.

Mezbonlar ustozi Karlo Anchelotti uchrashuvdan keyin penalti belgilangan vaziyatga izoh berib, hakamlar ishini yana tanqid qildi.

- VAR penalti belgiladi, bosh hakam vaziyatga yaqin edi va nimalar bo‘lganini ko‘rdi. Men “Atletik” va “Jirona” uchrashuvida ham xuddi shunday vaziyatda penalti berilganini ko‘rdim.

Futbolni tushunadigan odamlar bu ikki penalti nega berilganini tushunayotgani yo‘q lekin, - dedi Karlo Anchelotti.

Durang bilan yakunlangan “Real” va “Atletiko” uchrashuvining 35-daqiqasida Xulian Alvares 11 metrlik nuqtadan hisobni ochgandi. Bu penalti frantsiyalik Orenlen Tchuamenining braziliyalik hujumkor futbolchi Samuel Linoga qarshi ishlatgan foli tufayli belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!