
Anchelotti o‘tgan mavsumdagi xatosi, Kross va Tchuamenining o‘yini va Levandovskini kim qo‘riqlagani haqida gapirdi
Karlo Anchelotti "Real"ning "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi:
"Hamma maydonda borini berishi kerak edi va biz xuddi shunday qildik. Biz bellashuvni yaxshi boshladik va ikkinchi taymda vaziyatni nazorat qildik.
Militaoning Levandovskiga bosim o‘tkazishi aniq edi. Bundan tashqari, Kroos hamda Tchuameni ham maydon markazida o‘yinni yaxshi nazorat qildi.
O‘tgan mavsum "Barsa"ga qarshi bellashuvda nimadir o‘ylab topishga harakat qildim. (Martdagi bahsda Luka Modrich aldamchi to‘qqizlik pozitsiyasida to‘p tepgan va yakunda "qirollik klubi" 0:4 hisobida raqibga imkoniyatni boy bergan) Bugungi uchrashuvda men ularni o‘z o‘rnida o‘ynatishga harakat qildim", - dedi "qaymoqranglilar" ustozi.
Fikrlar