
Anchelotti nega Vinisiusni almashtirgani, Rodrigoni zaxirada qoldirgani va himoyaning holati haqida gapirdi (matbuot anjumani)
"Real Madrid" "Barselona"ga qarshi 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis ko‘plab bir necha savollarga to‘liq javob berdi.
"Biz himoyada ancha ochiq-oydin xatolarga yo‘l qo‘ydik va natijada gollar o‘tkazib yubordik.
Mbappe yaxshi o‘ynadi. Bizda ajoyib vaziyatlar bo‘ldi, yaxshi hujum qildik, uchta gol urdik va yana ko‘proq gol urish imkoniyatimiz bor edi. Hujumda aniq rejamiz bor edi. Ammo himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ayniqsa, ilk 30 daqiqa davomida. Shuni ham unutmaslik kerakki, biz besh nafar himoyachimizdan bir vaqtda mahrum bo‘ldik.
Vinisiusni almashtirishimga sabab – unda oyoq osti (to‘piq)da muammo bor edi. U o‘yinni davom ettirishni xohladi, lekin jarohati unga bezovtalik qilardi, shuning uchun uni almashtirishga qaror qildim.
Rodrigo esa o‘zini unchalik yaxshi his qilmagandi va undan yaxshi o‘yin kutmadik. Bu erda hech qanday muammo yo‘q — men undan mamnunman. U shunchaki kasallikdan to‘liq tiklanib ulgurmadi" — dedi "qaymoqranglilar" ustozi.
Fikrlar