
Anchelotti "Napoli"dan iste’foga chiqmoqchi emas
“Napoli” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’foga chiqmoqchi emasligi haqida gapirib o‘tdi.
“Men hech qachon iste’fo bermaganman. Klub menga ishonch bildiryapti deb o‘ylayman. Futbolchilar ham. Agar senga shogirdlaring ham, rahbariyat ham ishonmasa, ana unda iste’fo haqida o‘ylash mumkin. Ammo, men faoliyatim davomida biror marta ham bunga duch kelmadim.
Hozir vaziyat murakkab, muammolarimiz juda ko‘p. Shu bois biz birlashishimiz kerak. Vaziyatni o‘nglaymiz deb umid qilaman”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Anchelotti A Seriyaning o‘tgan 13 ta turidan so‘ng 20 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar