
Anchelotti "Napoli"dagi shogirdini "Everton"ga olib kelmoqchi
"Everton" joriy yozgi transferlar davrida "Napoli" yarim himoyachisi Allanni sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “irischilar” 29 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 25 mln evro to‘lashga tayyor. Ammo neapolliklar ushbu taklifni rad etmoqda, boisi ular futbolchini 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Allanning transferini shaxsan “Everton” ustozi Karlo Anchelotti xohlamoqda. Italiyalik mutaxassis “Napoli”ni boshqargan paytlarida ushbu futbolchining nimalarga qodir ekanini bilgan.
Allan o‘tgan mavsum “Napoli” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar