
Anchelotti "Napoli"da qoladigan bo‘ldi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini ishdan olmaslikka qaror qildi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra De Laurentis chindan ham Anchelottini iste’foga chiqarmoqchi bo‘lgan, biroq yuristlarning maslahatlaridan so‘ng fikridan qaytgan. Chunki, ushbu iste’fo jamoaga qimmatga tushishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” A Seriyaning 11 ta turidan so‘ng 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar