Anchelotti milliy jamoalar orasida eng yuqori maosh oladigan murabbiylardan biri bo‘lishi mumkin

  • 22 aprel, 18:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashga katta qiziqish bildirmoqda. "Relevo" nashrining xabar berishicha, muzokaralar keyingi 10 kun ichida jadallashishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, CBF Anchelottiga "Real"dagi maoshiga teng yoki undan kam bo‘lmagan shartnoma taklif qilmoqchi. Agar Karlo rozi bo‘lsa, u milliy terma jamoalarni boshqaruvchi eng yuqori maosh oluvchi murabbiylardan biriga aylanadi. Shartnoma 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladi.

Braziliyaliklar boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda, jumladan Jorje Jezushni. Biroq, Anchelotti asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!