Anchelotti Mbappe bo‘yicha rejasini aytdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaga qo‘shilgan Kilian Mbappeni qaysi pozitsiyada o‘ynatmoqchi ekanligi haqidagi savollarga lo‘nda javob qaytardi.
- Mbappe qaerda o‘ynaydi? Xotirjam bo‘ling, men unga maydonda birorta joy topib beraman, - dedi 64 yoshli italiyalik murabbiy.
Kilian Mbappe oddatdi erkin harakat qilishni yoqtiradi. PSJda o‘ynab yurgan ko‘zlari muayyan bir ampluaga bog‘lanib qolmasdan, keng maydon bo‘ylab o‘ynashni ma’qul ko‘rardi va bosh murabbiylardan o‘zini ana shunday pozitsiyaga qo‘yishni bir necha marotaba talab qilgan.
Biroq, “Qirollik klubi”da Mbappening talablari o‘tmasligi aniq. Eng muhimi, Karlo Anchelotti yuqori malakali hujumchilar orasida yangi o‘yinchiga ham mos joy topib bera olishi kerak.



Fikrlar