Anchelotti ketishi oldidan “Real”ga to‘rtta zo‘r o‘yinchi topib berdi

  • 27 aprel, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xizmatidan voz kechishga yaqin turibdi. Shunga qaramay, klub mutasaddilari tajribali mutaxassisdan yozgi transferlar davrida qaysi futbolchilarni olish lozimligi haqida fikr so‘radi.

Sport.es  saytining yozishicha, italiyalik mutaxassis klub mutasaddilariga himoya va yarim himoya pozitsiyalarini kuchaytirish shartligini ta’kidlagan.

Anchelotti “Real” uslubiga Angliya Premer-ligasi vakillari mos kelishini aytib, Vilyam Saliba (“Arsenal”), Manuel Akanji (“Manchester Siti”), Aleksis MakAllistera (“Liverpul”) va Sandro Tonali (“Nyukasl”) kabi himoyachi va yarim himoyachilarga e’tibor qaratishni maslahat bergan.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi”da yangi o‘yinchilarni xarid qilish masalasini bosh murabbiy emas, balki klub prezidenti Florentino Peres, bosh direktor Xose Anxel Sanches va bosh selektsioner Yuni Kalafat hal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!