Anchelotti kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 3 oktabr, 2022, 15:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hozircha Madrid klubini tark etish niyatida emasligini aytdi. Yaqinda OAVda yozda italiyalik mutaxassis "qirollik klubi"ni tark etishi va uning o‘rniga Tomas Tuxel kelishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Tecno

"Men "Real" Madridda yana bir yil, keyin yana bir yil va yana bir yil qolmoqchiman. Men bu erda ekanligimdan juda xursandman va mamnunman", - deya Anchelotti so‘zlarini keltirdi "Rai Sport".

La Liganing 7-turidan keyin “Real” 19 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Barselona” ham 19 ochko to‘plagan, ammo ular to‘plar farqiga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda. O‘tgan mavsum Anchelotti jamoa bilan Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!