
Anchelotti: "Jamoa mag‘lubiyat va durangni yoqtirmaydi"
Karlo Anchelotti nima sababdan "Real Madrid"ni dunyoning eng buyuk klubi deb hisoblashi haqida gapirdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
- "Real Madrid" o‘z tarixida ko‘p g‘alaba qozongan va g‘alaba qozonishda davom etmoqda. Sababi, u mag‘lubiyatni yoki durang natijani yoqtirmaydi. Bu klubda ishlaydigan odamlarga nisbatan talab va mas’uliyatni oshiradi.
Men ko‘plab klublarda ishlaganman. "Real" esa tarix, tashkilot va talablar nuqtai nazaridan dunyodagi eng buyuk klubdir. Bu erda eng muhimi - sport darajasida muvaffaqiyatga erishish ekanini tushunasiz. Prezidentning amalga oshirgan ishlar tufayli klub g‘alaba qozonmoqda, - dedi "Los-Blankos" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassis "qirollik klubi"da 2022 yilning yozidan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Fikrlar