
Anchelotti: "Flikning gapiga qo‘shilaman, "Real" "Barsa" emas"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti FIFA kunlaridan so‘ng navbatdagi uchrashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan bir nechta dolzarb savollarga javob berib o‘tdi.
Turnir jadvali haqida nima deysiz?
"Barselona" bizdan oldinda. Biroq, biz hali El Klasikoda uchrashishimiz kerak"
Braziliya bilan mish-mishlar haqida?
"Men Braziliyani qadrlayman, lekin oxirgi kunlarda Federatsiya bilan umuman aloqa yo‘q edi. "Real" bilan shartnomam bor va mening bor e’tiborim chempionlikni qo‘lga kiritishga qaratilgan. Hozirda oldimizda muhim maqsadlar bor"
Xans-Diter Flik "Barselona" "Real Madrid" emasligi ta’kidladi, bunga fikringiz qanday?
"Men Hansi Flikning fikriga to‘liq qo‘shilaman. "Real Madrid" "Barselona" emas" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" 30 mart kuni "Leganes" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar