
Anchelotti "Everton"ning joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirib o‘tdi.
“Musobaqa jadvalidagi hozirgi holat bizni qoniqtiryapti. Ammo oldindan quvonmaslik va kurashni davom ettirish kerak. Agar tribunada muxlislar bo‘lganida, biz bundan ham ko‘proq ochko to‘plagan bo‘lar edik. Ko‘rib turganingizdek, bizda uy o‘yinlaridan ko‘ra, safarda ko‘proq ochko qo‘lga kiritilgan. Agar uy uchrashuvlarida stadionda muxlislar bo‘lganida, raqiblar qiynalardi.
Hozircha, maqsadimizga etib turibmiz, ya’ni evrokuboklar yo‘llanmasini beradigan o‘rinlardamiz”, - dedi italiyalik mutaxassis.
“Everton” 15-turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida peshqadam “Liverpul”dan 3 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar