
Anchelotti: Bu futbolchi Modrichning o‘rnini egallaydi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 37 yoshli pleymeyker Luka Modrichga munosib o‘rinbosar borligini ta’kidladi.
Italiyalik mutaxassis klub tarbiyalanuvchisi Dani Sebalos yaqin kelajakda xorvatiyalik yulduz o‘rnini egallashiga ishonch bildiroqda.
E’tiborli jihati, har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
- Sebalos Modrichga o‘xshaydi. Ular bir xil sifatga ega. O‘ylashimcha, yaqin kelajakda Dani Lukaning “Real”dagi o‘rnini to‘liq egallaydi, - dedi Karlo Anchelotti.
Ta’kidlash lozimki, Sebalos katta o‘sishga erishganiga qaramay, klub rahbariyati unga yangi shartnoma berishi aniq emas.
Fikrlar