
Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishdan nega bosh tortgani sababini aytdi
Braziliya futbol federatsiyasi terma jamoa boshqaruviga Karlo Anchelottini olib kelishga harakat qilgandi.
Biroq italiyalik mutaxassis yangi yil arafasida “Qirollik klubi” bilan hamkorligini yana ikki yilga uzaytirdi. 64 yoshli mutaxassis braziliyaliklar bilan muzokara bo‘lganini tan oldi.
- Haqiqatan ham, Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan muloqot bo‘ldi. Menga qiziqish bildirgani uchun unga rahmat aytaman. Braziliyadan taklif olish men uchun katta sharaf.
Lekin Rodriges mening “Real” bilan munosabatlarim haqida bilardi. Men buni hammaga oydinlik kiritish uchun aytyapman.
Men Rodrigesga minnatdorlik bildiraman, biroq hammasi men istagandek bo‘ldi va “Real”da qoldim, - dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar