Anchelotti: “Bizda jahonning eng kuchli futbolchisi bor”

  • 16 sentabr, 2024, 23:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Shtutgard”ga qarshi o‘yin oldidan savollarga javob berdi.

Tecno

-Jarohatdan qaytgan futbolchilarda muammo yo‘qmi?

-Bellingem va Tchomenida hech qanday muammo yo‘q. Militao yana bir kun dam olsa bo‘ldi.

-Futbolchilar ko‘p jarohat olayotganiga sabab nimada deb o‘ylaysiz?

-Asosiy sabab albatta taqvimni tig‘izligi, shu tufayli futbolchilar ko‘p charchashmoqda. Bu mavsum Chempionlar ligasining yangi formatida o‘yinlar ko‘p. Menimcha ularni kamaytirish kerak.

-Bu yilgi jamoa o‘tgan mavsumnikidan kuchlimi?

- Biz Nacho, Xoselu va Kroosni yo‘qotdik. Lekin jahon futbolidagi eng kuchli o‘yinchilardan birini olib keldik. Shu sababli, bu yilgi tarkibimiz kuchliroq,-dedi mutaxassis matbuot amjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!