
Anchelotti: "Biz Mbappedan ko‘p narsa kutamiz"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya La Liga doirasidagi "Leganes"ga qarshi muhim g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, bo‘lib o‘tgan bahs va Mbappe haqida gapirdi.
"Biz bu uchrashuvda yomon o‘ynamadik, ammo muvozanat etishmadi va shu sabab ikkita gol o‘tkazib yubordik. Biz juda ko‘p azob chekishimiz kerak edi, jamoamiz bilan birga, ritmga kirishda qiynaldik.
Mbappe o‘yinda ancha ko‘rinib qolib, kundan-kunga ochilib bormoqda. Ayniqsa, biz kutgan narsa - o‘yininni o‘zgartirmoqda" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" navbatdagi bellashuvini 1 aprel kuni Ispaniya kubogi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv esa Toshkent vaqti bilan 00:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar