
Anchelotti Benzemaga yiliga qancha gol urishi kerakligini aytdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsumda hujum chizig‘ida o‘ynaydigan futbolchilar sermahsul o‘yin kutayotganini yashirmayapti.
Benzema bir mavsumda 50 ta gol urishi shart, 30 emas. Vinisius ham muntazam raqib darvozasini ishg‘ol qilishi kerak. Hujumdagi barcha futbolchilardan sermahsul o‘yin talab qilamiz. Buning uchun ularda etarlicha iqtidor bor. Men Benzemani yana shug‘ullantirish imkoniga ega bo‘lganimdan xursandman. Uning mas’uliyati oshgani ko‘rinib turibdi.
Shuningdek, salohiyati yuqori bo‘lgan yosh o‘yinchilar bor. Biz shuning uchun ham yangi transferlar haqida gap ochmayyu tarkibda bor futbolchilarning samaradorligini oshirish haqida gapiryapmiz, dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar