
Anchelotti alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
Ispaniya kubogi finalida “Real” futbolchilari og‘ir o‘tgan uchrashuvda ashaddiy raqib “Barselona”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘yin haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Bu yaxshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ancha qiynaldik. Uchrashuvning ikkinchi qismi biz uchun yaxshiroq o‘tdi.
Bellashuv bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Lekin o‘yin yakunlanishiga oz qolganida kiritilgan gol vaziyatni murakkablashtirib yubordi. Biz g‘alabaga yaqin edik, endi to‘xtamay kurashishda davom etishimiz kerak.
Jamoani tanqid qilishga asos yo‘q. Agar g‘olib chiqqanimizda bu muammolar bo‘lmasdi. Kubokni ko‘tara olmaganimizdan afsusdaman, lekin noliydigan hech narsa yo‘q. Qo‘limizdan kelganini qildik, - dedi Karlo Anchelotti.
Ta’kidlash lozimki, “Real” o‘z tarixi davomida Ispaniya kubogi finalida 41 marotaba ishtirok etib, shulardan 20 tasida g‘olib chiqqan va 21-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar