
Anchelotti Alabaning holati haqida garirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 25-tur uchrashuvidan so‘ng jamoa himoyachisi David Alabaning holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"David 70 daqiqa o‘ynadi. Uning tizzasi juda yaxshi va hozirda u butunlay tuzalib ketdi. Biroq hali biroz vaqt kerak. Uning nafaqat tizzasi, balki mushak muammolarini ham hisobga olishimiz kerak, chunki u 14 oydan keyin qaytdi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Alaba 2021 yilning yozida Madrid grandi safiga qo‘shilgan edi. 32 yoshli avstriyalik va "qirollik klubi" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar