
Ana xolos! "Yuventus"dan yana ochkolar tortib olindi.
Rasman "Yuventus" Federal Apellyatsiya sudi tomonidan jazolanib, jamoadan 10 ochko olib qo‘yildi. Endilikda turinliklar A Seriya turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketdi.
Avvalroq, "Yuventus"dan 15 ochko olib qo‘yilgandi. Ammo klubga ochkolar vaqtinchalik, ya’ni sud qarorini chiqarguncha qaytarib berilgan. Bundan tashqari, 11 nafar rahbarga bir qator taqiqlar qo‘yiladi. Fabio Paratichi ikki yarim yilga, Andrea Anelli ikki yilga va Pavel Nedved 8 oyga futboldan chetlatildi va boshqalar ham diskvalifikatsiya qilindi.
Feyr-pley qoidalariga ko‘ra, ushbu taqiqlar futbolchilarning oyliklarini pasayishiga ham olib keladi.
Fikrlar