
Ana xolos! Ukraina terma jamoasiga Evro-2024 turniridan chiqish buyurildi
Ukraina terma jamoasi 2024 yilgi Evropa chempionati saralash turnirini tark etishi mumkin. Mamlakat sport vazirligi terma jamoaning Rossiya va Belarus terma jamoalari qatnashadigan turnirlarda ishtirok etishiga chek qo‘ydi. Bu haqda deputat Jan Belenyuk ma’lum qildi.
Buyruqga ko‘ra, agar qoidabuzarlik qayd etilsa, Ukraina futbol assotsiatsiyasini milliy maqomdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2024 saralash turnirining birinchi bosqichida Ukraina Angliyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar