
Ana xolos! "Tottenxem" futbolchisi maydonga tushganidan 2 daqiqa o‘tib qizil kartochka oldi
Xabaringiz bor "Tottenxem" bundan biroz avval APLning 37-turida "Bornmut"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
E’tiborlisi, ikkinchi bo‘limda uchrashuvga qo‘shilgan “shporlar” himoyachisi Xuan Foyt maydonga tushganidan so‘ng 2 daqiqa o‘tib maydondan chetlatildi. Hakam “Bornmut” futbolchisi Natan Akega nisbatan juda qo‘pol o‘ynagani uchun argentinalik futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Ta’kidlash kerakki, birinchi bo‘limda “Tottenxem”ning koreyalik forvardi Son Xin Min ham maydondan chetlatilgan edi.
Fikrlar