
Ana xolos: Superfutbolchi “Real”ni shokka tushirdi
Kilian Mbappeni qo‘lga kiritgan “Qirollik klubi” kelasi yozga yana bir katta transferni rejalashtirayotgan edi.
Madridliklar Bundesliganing eng iste’dodli hujumkor futbolisi Florian Virtsni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan edi.
Sky Sport nashri jurnalisti Floran Plettenbergning ma’lum qilishicha, “Real” mutasaddilari “Bayer”ning 21 yoshli o‘yinchisi bilan hozirdan kelishib olish maqsadida unga dastlabki shartnomani taqdim qildi.
Biroq, Virts nafaqat madridliklarning taklifini rad etdi, balki ular bilan og‘zaki kelishuvga ham ko‘nmadi.
“Bayer” yulduziga “Bavariya”, “Barselona”, PSJ kabi klublardan ham qiziqish bor. Leverkuzenliklar futbolchisi Transfermarkt portali tomonidan 130 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar