Ana xolos! "Real" Konte bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 29 may, 2021, 00:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur murabbiy Antonio Konte "Real"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 51 yoshli mutaxassisga 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilmoqda. Kontega boshqa grand klublardan ham qiziqishlar bor, ammo uning o‘zida ham “Real”ni boshqarish istagi mavjud.

Konte joriy hafta “Inter” bosh murabbiyligini tark etdi. Uning boshqaruvidagi jamia 2010 yildan buyon ilk bor A Seriyada g‘olib bo‘ldi.

"Real" ham kuni kecha ishdan bo‘shagan frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirish bilan band.

Bundan avvalroq UFC ning sobiq chempioni Xabib Nurmagamedov ham "Real"da Zidanning o‘rnini aynan Konte egallashi kerakligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!