Ana xolos! Messi o‘ziga shaxsiy qo‘riqchi yolladi. U AQSh armiyasi maxsus kuchlarining sobiq askari hisoblanadi

  • 26 avgust, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi o‘ziga shaxsiy qo‘riqchi yolladi.

Tecno

Daily Mail nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi uchun tansoqchini Amerika klubining xo‘jayini Devid Bekxem tanlagan. U AQSh armiyasi maxsus kuchlarining sobiq askari Yasin Chueko bo‘lib, u Iroq va Afg‘onistonda jangovar tajribaga ega va bir nechta MMA janglarida qatnashgan.

Messining shaxsiy qo‘riqchisi o‘z mijozini har qanday istalmagan aloqadan himoya qilish uchun "Inter Mayami" o‘yinlari paytida maydon chetida yuguradi.

Eslatib o‘tamiz, Messi yozgi transfer oynasida “Inter Mayami”ga o‘tdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq argentinalik hujumchi PSJ va “Barselona”da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!