
Ana xolos! Mag‘lubiyatga qaramay "Liverpul" "Barsa"ni ortda qoldirdi
Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida, "Barselona" o‘z maydonida Angliyaning "Liverpul" klubini 3:0 hisobi bilan mag‘lub etdi.
Biroq ispaniyaliklar statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqiblariga imkoniyatni boy berishgan.
"Liverpul" raqib darvozasi tomon ko‘proq to‘p tepgan - 14-11;
To‘p nazorati borasida ham ustunlik angliyaliklar tomonda - 52% - 48%;
Uzatmalar soni - 600 - 558;
"Qizillar" bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "kataloniyaliklardan" ko‘ra ko‘proq maydonda yugurishgan - 111 km - 109 km.
Fikrlar