
Ana xolos: Lukakuning rad javobi “Inter”ni chempion qildi!
“Inter” jamoasi A Seriyada muddatidan oldin chempionlikni tantana qildi.
Klub bosh direktori Juzeppe Marotta mavsum boshida Romelu Lukaku “Inter” uchun o‘ynashdan bosh tortgani haqidagi savolga javob qaytardi.
Ma’lumki, aslida “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan belgiyalik forvard o‘tgan mavsumni ijara asosida “Inter”da o‘tkazgandi. O‘tgan yoz milanliklar yana tajribali forvardning ijara muddatidan cho‘zdirmoqchi bo‘ldi. Biroq Lukaku Milanda qolishdan bosh tortdi va oxir-oqibat “Roma”dan qo‘nim topdi.
“Inter” esa, uning o‘rniga Markus Tyuramni qo‘shib oldi. Frantsiyalik hujumchi mavsumda 12 ta goli bilan chempionlikka munosib hissa qo‘shdi.
- Lukakuning rad javobi chempion bo‘lishimizga yordam berdimi? Balki shunday bo‘lgandir. Omadimiz chopdi va hayotda omadning ham ahamiyati katta. Lukaku qolganida hujum chizig‘imiz umuman boshqacha ko‘rinishda bo‘lardi, - dedi Juzeppe Marotta.
Fikrlar