
Ana xolos! Legionerimiz jamoasi xitoyliklar qo‘liga o‘tishi kutilmoqda
Rossiya premer-ligasi debyutanti – Moskvaning “Torpedo” jamoasini nomi sir saqlanayotgan Xitoy banklaridan biri sotib olmoqchi.
Xitoylik investorlarning poytaxt klublaridan birini sotib olishi mumkinligi haqida xabar tarqatilganida ko‘pchilik bu jamoa “Spartak” bo‘lishini kutgandi. Lekin keyinroq ma’lum bo‘lishicha, osiyoliklar “Torpedo”ga egalik qilmoqchi.
“Torpedo” bu mavsum premer-ligada ishtirok etmoqda. Dastlabki olti tur natijalariga ko‘ra, moskvaliklar bir ochko bilan so‘nggi pog‘onada qayd etilgan.
“Torpedo” rahbariyati yaqinda Hojimat Erkinovni o‘z safiga qo‘shib olgani uchun o‘zbekiston futbol ishqibozlari bu klubga ham muxlislik qilmoqda. 21 yoshli futbolchimiz legioner sifatida beshta uchrashuvda qatnashdi.
Fikrlar