Ana xolos: Frantsiyalik bokschilar jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

  • 5 sentabr, 07:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Liverpulda o‘tkazilayotgan ayollar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi ishtirok eta olmaydi.

Tecno

Sabab: sportchilar musobaqaga qo‘yilishi uchun ayol jinsini tasdiqlovchi gender testlarini topshirishi kerak edi. Biroq Frantsiyada bunday testlar qonun bilan taqiqlangan.

Avgust boshida Frantsiya Sport vazirligi federatsiyani ogohlantirib, gender testlari na tibbiy maqsadlarda, na ilmiy izlanishlar yoki dopingga qarshi kurash uchun ishlatilmasligini ta’kidladi.

Shu bois World Boxing frantsuz sportchilarini boshqa mamlakat vakillari bilan birga Angliyaning Lids shahridagi akkreditatsiyalangan laboratoriyaga yubordi. Lekin laboratoriya natijalarni belgilangan muddatda etkazib bera olmadi.

Natijada, "FF Boxe" rasmiy bayonot berib, frantsuz bokschilari Liverpuldagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!