Ana xolos! Ertangi finalining bitta chiptasi yoki taklifnomasiga bir necha kishi kirishi mumkin

  • 27 avgust, 2019, 13:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida “Charm to‘p-2019” an’anaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.

Tecno

Bugun musobaqaning yarim final o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda maydonga tushadigan jamoalar guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi. Musobaqada kurashni davom ettirayotgan kuchli to‘rtlik orasida faqatgina Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Chelachi” jamoasi ochko yo‘qotgan. Ular guruh bosqichida ikkita g‘alaba va bir durang qayd etishdi. Qolgan uchta jamoa esa guruh bosqichini yo‘qotishlarsiz yakunladi. Jumladan, Toshkent shahri Bektemir tumani “Iqbol” mahallasi jamoasining uchta o‘yinda ham qo‘li baland kelgan bo‘lsa, “Oqqamish” (Qashqadaryo) hamda “Navkent” (Namangan) jamoalari hisobida ikkitadan g‘alaba bor.

Bugun soat 17:30da boshlanadigan yarim final o‘yinlarida “Chelachi” – “Oqqamish” hamda “Iqbol” – “Navkent” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Darvoqe, ertaga “Milliy” stadionda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan final o‘yiniga chiptalar tayyor bo‘ldi. Ularni siz bemalol 28 avgust kuni “Milliy” stadion kassalaridan olishingiz mumkin. Chiptalar bepul tarqatiladi va stadionga kirishda ortiqcha muammolar tug‘ilmaydi. Bitta chipta yoki taklifnomaga bir necha kishi kirish imkoniyatiga ega.

“Charm to‘p-2019”. Yarim final

27 avgust, soat 17:30

“Chelachi” (Navoiy) – “Oqqamish” (Qashqadaryo)

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Navkent” (Namangan)

Final

28 avgust, soat 18:00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!