Ana xolos! Bu tur andijonliklar “Navbahor” muxlislarini ortda qoldirishdi

  • 1 noyabr, 2019, 15:15
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

29-31 oktyabr kunlari Superligada 23-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Tur o‘yinlariga jami 24530 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 3504ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Andijondagi “Andijon” – “Bunyodkor” bellashuvida qayd etildi - 6425.

E’tiborlisi, turning markaziy qarama-qarshiliklaridan biri sifatida qaralgan “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuviga 5530 ishqiboz tashrif buyurdi xolos. Avvallari Namangandagi o‘yinlarda boshqa bellashuvlarga qaraganda ko‘proq muxlis kuzatilardi.

Eng kam ishqibozlar Toshkent viloyatida. AGMK – “Lokomotiv” bahsini 1115 tomoshabin o‘yingohga tushdi.

Quyida 23-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

ANDIJON – BUNYoDKOR 1:1. 6425 tomoshabin

NAVBAHOR – NASAF 1:1. 5530 tomoshabin

SO‘G‘DIYoNA – DINAMO 3:0. 4600 tomoshabin

BUXORO – QO‘QON-1912 0:1. 3320 tomoshabin

PAXTAKOR – SURXON 3:1. 2220 tomoshabin

QIZILQUM – METALLURG 1:1. 1320 tomoshabin

AGMK – LOKOMOTIV 1:1. 1115 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fc soloko jem
01/11/2019 18:12
Xa bu sport .uz saytidaxam piravakatir adminlar ötiradi shekilik saloxani qareng
Basharasiga ....... ashi
&
Стас Михайлов
01/11/2019 17:38
Ана холосига нима бор