Ana xolos! Benzema “Manchester Yunayted”ga ketishi kutilyapti

  • 24 yanvar, 2023, 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy to‘purar Karim Benzemaning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Tecno

Garchi tomonlar hamkorlikni davom ettirishi kutilayotgan bo‘lsa-da, hali munosabatlar yangi bitim orqali rasmiylashtirilgani yo‘q.

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, 35 yoshli to‘purar faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Frantsiyalik hujumchiga “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag xaridor bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, jahonning eng badavlat klubiga aylangan “Nyukasl” ham Benzemaga mo‘may daromad keltiradigan shartnoma berishga tayyor.

Benzema “Real”da 2009 yildan beri to‘p tepmoqda. Bu davr ichida u jami 622 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 334 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlarini 160 marta golli pas bilan ta’minlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!