Ana xolos! Argentina Mundial oldidan jiddiy yo‘qotishga duch keldi

  • 10 oktabr, 2022, 14:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Paulo Dibala Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. 

"Roma" hujumchisi A Seriya doirasidagi "Lechche"ga qarshi o‘yinda penalti tepayotgan paytda jarohat oldi. Argentinalik bellashuvning 48-daqiqasida 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Biroq o‘sha epizodda uning chap oyog‘ida og‘riq paydo bo‘ldi hamda maydonni oqsoqlangancha tark etdi. 

"Bo‘rilar" ustozi Joze Mourino o‘yindan so‘ng Dibala bu mavsum maydonga qaytishi qiyin ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

Qatardagi mundial 20 noyabr sanasida start oladi. Argentinaning ilk o‘yini Saudiyaga qarshi 22 noyabrda Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!