
Ana omad! Italiya terma jamoasi Qatardagi mundialga borishi kutilmoqda
FIFA rahbariyati Tunis milliy terma jamoasini Qatar mebonligidagi jahon chempionatidan chetlatishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi.
Bir necha manbalar xalqaro tashkilotning keskin chora ko‘rishiga Tunis hukumatining mamlakat futbol federatsiyasi faoliyatiga aralashayotgani sabab bo‘layotgani aytilgan. Chunki yoshlar va sport vaziri Komil Degish federatsiyasi tarqatib yuborilishi mumkinligi haqida bayonot bergan.
Ayni paytda Tunis mundialdan chetlatilgan taqdirda uning o‘rnini qaysi jamoa egallashi muhokama qilinmoqda.
Le Parisien nashrining yozishicha, Qatarga Italiya terma jamoasi taklif qilinishi mumkin. Chunki italiyaliklar jahon chempionatiga chiqolmaganlar orasida eng yuqori reytingga ega terma jamoa hisoblanadi.
Tunis jahon chempionatining guruh bosqichida Daniya, Avstraliya va Frantsiya bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar