Ana bo‘lmasa! Ronalduning opasi nihoyat "yorildi"

  • 16 dekabr, 2022, 11:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru Portugaliya termasining JCh-2022dan chiqib ketishi haqida keskin gapirdi. Eslatib o‘tamiz, Qatardagi turnirning chorak finalida portugallar Marokashga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Tecno

"Kichik bir guruh kalamushlar Shveytsariya ustidan qozonilgan g‘alabani Ronaldu ustidan qozonilgan muvaffaqiyat sifatida nishonladi. Ular uchun Krishning bir umr zaxirada o‘tirishi bayram.

Shu sababli biz jahon chempionatini boy berdik. Ular bir yoqadan bosh chiqarishni eplolmadi, ayrim futbolchilar uchun asosiy tarkibda maydonga tushish marraning oxiri bo‘lib ko‘rindi.

Terma jamoada klub sha’ni degan narsa bo‘lmaydi, bu — mamlakat. Ammo, afsuski, Portugaliyada hali ushbu xususiyatlar yaxshi etilmagan", — deb yozdi Aveyru ijtimoiy tarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!