
Amorimdan norozi yulduz Manchesterdan ketmoqchi
“Manchester Yunayted”ga asosiy darvozabon sifatida 2023 yilning yozida olib kelingan Andre Onana joriy mavsumga kelib, jamoadagi mavqeini yo‘qotdi.
Ruben Amorim boshchiligidagi murabbiylar shtabi 29 yoshli posbonni Angdiya Premer-ligasining ikkinchi turida ham boshlang‘ich tarkibga kiritmadi.
Bu holat kamerunlik golkiperning e’tiroziga sabab bo‘ldi. United in Focus nashri jurnalisti Grem Beylining yozishicha, murabbiy tanlovi “Yunayted”ning aksariyat futbolchilarini hayron qoldirgan.
Manbaga ko‘ra, bu munosabatdan norozi bo‘lgan Onana “Manchester Yunayted” safini tark etishga qaror qilgan va ayni paytda o‘ziga mos boshqa jamoa topishga harakat qilyapti. Xususan, tajribali futbolchi oldida “Vest Xem” varianti bor.
Ilgari “Barselona”, “Ayaks” va “Inter” singari klublarda faoliyat yuritgan tajribali darvozabonning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar