
Amorimdan Garnachoga "otvet": "Atletik"ga qarshi bahsda kim yaqqol golli vaziyatni ko‘kka sovurgandi?
Ruben Amorim Evropa ligasi finalini asosiy tarkibda boshlamagan Alexandro Garnacho haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted" Evropa ligasi final uchrashuvida "Tottenxem"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Argentinalik yarim himoyachi o‘yinning 71-daqiqasida Meyson Maunt o‘rniga maydonga tushdi.
Avvalroq, futbolchining o‘zi, shuningdek, akasi va agenti bosh murabbiyning qaroridan noroziligini bildirgandi.
"Hozir buni aytish oson. Yarim finalning birinchi taymida "Atletik"ga qarshi kim yaqqol golli imkoniyatni qo‘ldan chiqardi? Garnacho.
Futbol shunday", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.
Fikrlar