
Amorim o‘zboshimcha futbolchini qanday jazolaganini aytdi
Angliya Premer-ligasining 27-turida "Ipsvich"ga qarshi bahsda "Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho birinchi bo‘lim oxiridayoq zaxiraga olindi. Argentinalik futbolchi maydonni erta tark etishiga Patrik Dorguning qizil kartochka olishi sabab bo‘ldi. Garnacho murabbiyning qaroriga norozilik bildirib, kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim futbolchiga qanday chora ko‘rilishini ma’lum qildi:
"Men kichik tekshiruv o‘tkazdim. Garnacho kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi, chunki uning formasi ho‘l bo‘lib qolgandi. U o‘yinni tomosha qilgan, lekin zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmagan. Men unga katta klubda o‘yinchilarning harakatlari qanday qabul qilinishining muhimligini tushuntirdim. U butun jamoaga kechki ovqat olib berish bilan jazolanadi" - dedi portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Hozirda MYu APL turnir jadvalida 33 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar