
Amorim MYuning qaroridan norozi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub qaroridan norozi bo‘ldi. Yarim himoyachi Kobbi Maynu ijaraga ketmoqchi edi, ammo "qizil iblislar" uni qo‘yib yubormadi.
Transfer News Live nashrining jurnalist Stiv Keyga tayanib xabar berishicha, Amorim jamoada ketish istagini ochiq bildirayotgan futbolchilar bo‘lishini istamaydi.
Avvalroq matbuotda 20 yoshli Maynuning "Manchester Yunayted"ni tark etish istagi futbolchining 2026 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasida o‘ynash istagi bilan bog‘liqligi haqida xabar berilgandi. Kobbi bu mavsumda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan.
Fikrlar