
Amorim: "Manchester Yunayted" yana APL va Chempionlar ligasini yuta oladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning kelajagiga ishonch bilan qaramoqda. Uning fikricha, jamoa yana Angliya va Evropaning eng kuchli klublari safiga qaytishi mumkin.
"Manchester Yunayted" yana Premer-liga va Chempionlar ligasini yuta oladimi?
"Menda hech qanday shubha yo‘q. Bu klubda pulga sotib bo‘lmaydigan jihatlar bor: tarix, an’analar, ishqibozlar. Bizda hatto Chempionlar ligasisiz ham mablag‘ bor. Agar bizda boshqacha madaniyat bo‘lsa, albatta, o‘z o‘rnimizga qayta olamiz", – dedi Amorim BBC nashriga.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda MYu Angliya chempionatini 15-o‘rinda yakunlab, evrokuboklardan chetda qolgandi. Klub so‘nggi bor APLni 2013 yilda, Chempionlar ligasini esa 2008 yilda qo‘lga kiritgan.
Fikrlar