
Amorim: "Biz o‘z o‘rnimizga qaytamiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘tgan mavsum APLda muvaffaqiyatsiz o‘tganiga qaramay, klub kelajagiga ishonch bildirdi.
"Vaziyat yaxshilanishiga shubham yo‘q. Sotib olib bo‘lmaydigan narsalar bor va bu klubda ular bor: obro‘, tarix, muxlislar. Chempionlar Ligasisiz ham pulimiz bor. Umar Berrada va yigitlar pullarni yanada ko‘paytirish uchun strategiya tuzishmoqda. Bu muammo emas. Agar biz obro‘yimiz va shunday mablag‘dan to‘g‘ri foydalansak- biz o‘z darajamizga qaytamiz. Bu aniq", - dedi Amorim Sky Sports'ga bergan intervyusida.
2024/2025 yilgi mavsumda MYu 42 ochko bilan 15-o‘rinni egalladi. Jamoa yangi mavsumdagi ilk o‘yinini 17 avgust kuni "Arsenal"ga qarshi "Old Trafford"da o‘tkazadi.
Fikrlar