
Amorim ashaddiy raqib “Arsenal”dan o‘yinchi oldi
“Manchester Yunayted” rasmiy sayti klub “Arsenal”dan 18 yoshli himoyachi Eyden Xevenni transfer qilganini bildirdi.
Manchesterliklar iste’dodli futbolchi bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi. Tomonlar kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin.
Xeven asosan “Arsenal”ning yoshlar jamoasida o‘ynayotgan edi. O‘tgan yilning oktyabrida Liga kubogida birinchi jamoada debyutini o‘tkazdi.
Xeven “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini asosiy tarkibda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Manchester Yunayted” o‘z bayonotida ma’lum qilgan.
- “Manchester Yunayted”ga qo‘shilganimdan faxrlanaman. Bu orzuni ro‘yobga chiqarishda yordam berganlarning barchasiga minnatdorligimni bildiraman, - dedi Eyden Xeven.
Fikrlar